1

​Podmoskoveda “Tez yordam” mashinasida mebel tashildi (Video)

Dunyo 31.03.2017, 10:36
​Podmoskoveda “Tez yordam” mashinasida mebel tashildi (Video)

Podmoskovelik erkak mebel ortilayotgan “Tez yordam” mashinasini videoga oldi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru.

Kadrda yuk tashuvchilar “Tez yordam” mashinasiga katta shkafni ortayotgani, mashinaning ichi ham boshqa mebellarga to`laligi aks etgan.

Shu bilan birga qo`shni pod`ezd oldida ham boshqa “Tez yordam” mashinasi turgan. Hozircha mazkur holatga oydinlik kiritilmagan.

Rossiya Federasiyasi qonunlariga binoan “Tez yordam” mashinasidan boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin emas. U faqatgina birinchi yordam ko`rsatuvchi transport vositasi hisoblanadi.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1