AsosiyShou-biznes

​Munisa Rizaeva “Milliy” telekanalida “taqiq”qa uchragani haqidagi xabarlarga izoh berdi

'​Munisa Rizaeva “Milliy” telekanalida “taqiq”qa uchragani haqidagi xabarlarga izoh berdi'ning rasmi

Xonandalar Munisa Rizaeva va Rayhonning kliplari “Milliy” telekanali efiridan olib tashlangani haqida “Sayyod.com”ga asoslanib, xabar bergan edik.

Xonanda Munisa Rizaeva mazkur xabarga o`zining Instagram`dagi sahifasi orqali munosabat bildirdi.

“ ‘Milliy’ telekanali efiridan Rayhon va Munisaning kliplari olib tashlandi deb hamma joyda shov-shuv bo`lib ketdi. Hammami yolg`on”,—deb yozadi Munisa Rizaeva.

Xonanda bu kabi “piar” kimga kerak ekanligini yozib, jurnalistlarni to`g`ri ma`lumot berishga chaqiradi.

“Bizning kliplarimiz va ashulalarimiz hamma joyda Xudoga Shukur aylanib turibti!”,—deydi Munisa so`zlarini davom ettirib.

Xonanda turli haqoratli izohlar yozib qoldirayotgan internet foydalanuvchilaridan ham ranjiganini aytadi:

“Bugun men va Rayhon odamlarni yozgan izohlarini ko`rib hayratlandik, sizlar bizlarni shunchalar yomon ko`rasizlarmi? Ertalabdan kechgacha biz san`atkorlar uxlamastan muxlislarimiz uchun ijod qilsak, nahotki bizning shuncha xizmatimizni har xil haqoratlar bilan internet tarmoqlari orqali yomon izohlar qoldiryapsizlar. Ko`rmasdan turib birovga tuhmat qilish bu katta gunoh hisoblanadi!”.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar