Venesuela oppozisiyasi mamlakat prezidenti Nikolas Maduroni davlat to`ntarishida aybladi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
Venesuela Oliy sudi hukumat qonunchilik vakolatini o`z bo`yniga olgandan keyin prezidentga mazkur ayb qo`yildi. Sudning bunday qarorga kelishiga mamlakat shtatlaridan birida oppozisiyaning ovoz berish natijalarini bekor qilishdan bosh tortgani va ommaviy ravishda yo`lga qo`yilgan qonunbuzarliklar asos bo`ldi. Parlament Maduroning iste`foga chiqishini talab etmoqda. Bu mojarodan keyin Peru Venesueladagi elchisini chaqirib oldi.






