AsosiyDunyo

​Britaniyalik ayol “Voice” loyihasida chiqishiga bir kun qolganda vafot etdi

'​Britaniyalik ayol “Voice” loyihasida chiqishiga bir kun qolganda vafot etdi'ning rasmi

Britaniyalik 33 yoshli Sioned Vin Roberts ismli xonanda va to`rt farzandning onasi “Voice” loyihasida chiqishiga bir kun qolganda o`z uyida to`satdan vafot etdi.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, ayolning o`limiga to`satdan yuz bergan yurak etishmovchiligi sabab bo`lgan.

Ayol Karnarfon shahridagi o`z uyida hushidan ketgan va shifokorlarning ko`rsatgan yordamiga qaramay, vafot etgan.

30 mart kuni Roberts “Voice” loyihasida chiqish qilishi kerak edi. Ayol bir necha yillardan buyon qo`shiq kuylar, endilikda o`zini yirik loyihada sinab ko`rmoqchi edi.

Boshqa yangiliklar