"Bavariya" jamoasi hujumchisi Robert Levandovski "Augsburg"ga qarshi (6:0) kechgan Germaniya chempionatining 26-tur uchrashuvida uchta gol kiritdi.
Bu polshalik futbolchining ushbu mavsumda barcha musobaqalardagi beshinchi xet-trigi bo`ldi. Avvalroq Levandovski "Karl Seyss" (Germaniya kubogi), "Berder", "Gamburg" hamda Daniya termasiga (JCh-2018 saralashi) uchtadan gol urgandi.
Joriy mavsumda Levandovski Bundesliganing 26ta o`yinida 24ta gol hamda 5ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.






