O`zbek shou-biznesi vakillari orasida onalik baxtiga sazovor bo`lgan xonandalar soni yana bittaga ko`paydi.
Shirali ovozi bilan muxlislar qalbidan alohida o`rin egallagan xonanda, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Milena Madmusaeva 1 aprel, shanba kuni qiz farzandli bo`ldi.
Ma`lumot uchun, Milena Madmusaeva 2016 yil 25 aprel kuni prodyuseri Abduhamid Xalilovga turmushga chiqqan edi.
“Darakchi.uz” sayti jamoasi nomidan xonandani onalik baxtiga sazovor bo`lgani bilan tabriklaymiz!







