Sevimli

​“Ko`zim yoshlanib qolayapti, nima qilay?”

Salomatlik 03.04.2017, 10:56
Teglar: Salomatlik, Kasallik
​“Ko`zim yoshlanib qolayapti, nima qilay?”

– Shamolatdimmikan desam, qichishish, og`riq yo`q, ammo tashqariga chiqdim deguncha ko`zlarim o`z-o`zidan yoshlanib qolaveradi. Foydalanayotgan kosmetika vositalarim allergiya berayotgan bo`lsa kerak deb, bir muddat ten va tush ishlatmay qo`ydim, ammo bezovtalik o`tib ketmayapti. Ko`z yoshlanishining sababi nima bo`lishi mumkin?

Dilshoda Jamilova, Toshkent viloyati

Savolga shifokor-okulist Nodira RASULOVA javob beradi:

– Muntazam ko`z yoshlanishi kuzatilganida ko`k yoki qora choy damlamasi bilan ko`zni artish hamishaham to`g`ri emas. Negaki ko`z yoshlanishi faollashganda uni keltirib chiqarayotgan omil aniqlanishi lozim. Bu ishda okulist shifokor ko`rigi asqotadi. Ko`z yoshlanishi gipersekretor hamda retension ko`rinishlarga ajratiladi. Gipersekretor jarayon ko`z yosh suyuqligining me`yordan ortiq ishlab chiqilishi bo`lsa, retension turi ko`z yosh yo`llari o`tkazuvchanligining buzilishi bilan izohlanadi. Gipersekretor ko`z yosh ajralishini keltirib chiqaruvchi omillar allergiya, konyuktivit, ko`z muguz pardasining mexanik yoki kimyoviy zararlanishi, infeksion turdagi kasalliklar asorati, keratit bo`lishi mumkin. Muolajani boshlashdan avval bezovtalikni keltirib chiqargan xastalik aniqlanib, davo choralari birgalikda olib borilsa, kutilgan natijaga erishiladi. Retension ko`rinishi esa ko`z yosh ajralishidagi ayrim buzilishlar bilan xarakterlanadi. Ushbu holat ko`z yosh qopchasi yallig`lanishi, ko`z yosh kanalining qurib qolishi, burun bo`shlig`i kasalliklari – gaymorit, rinit, poliplar va shilliq qavat shishlari sabab kelib chiqishi mumkin. Mazkur holatda ko`pincha jarrohlik aralashuvi talab etiladi. Agar sizni ko`z yoshlanishi bezovta qilayotgan bo`lsa, albatta shifokor ko`rigidan o`ting. Tibbiy tahlillar o`tkazilgach, kerakli muolaja turi tanlanadi.

Sharhlar

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...