AsosiyDunyo

​Sankt-Peterburg metrosidagi portlashda 15 yoshli barnaullik qiz ham yaralandi

'​Sankt-Peterburg metrosidagi portlashda 15 yoshli barnaullik qiz ham yaralandi'ning rasmi

3 aprel kuni Sankt-Peterburg shahar metrosida yuz bergan portlash oqibatida yaralanganlar orasida yagona, voyaga etmagan 15 yoshli barnaullik qiz ham borligi ma`lum bo`ldi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.

Bu haqda Rossiya Federasiyasi Prezidenti rasmiy saytining bolalar haq-huquqlari bilan shug`ullanuvchi tashkilot vakili Anna Kuznesova ma`lumot berdi.

15 yoshli banrnaullik qiz buvisi bilan birga kelajakda ta`lim olish, oliy o`quv yurtini tanlash maqsadida Sankt-Peterburg shahriga kelgan edi. Portlash oqibatida qizning yuzi kuyib, boshi jarohatlangan. Hozirda uning ahvoli yaxshi.

3 aprel kuni Moskva vaqti bilan 14.40 da Sankt-Peterburg shahar metrosidagi “Sennaya ploshad” va “Texnologicheskiy institut” metro bekatlari oralig`ida poezd vagoni ichida portlash yuz berdi. So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, terakt oqibatida 14 kishi halok bo`ldi. Tergov qo`mitasi terakt yuzasidan jinoiy ish qo`zg`atdi.

Boshqa yangiliklar