Avval xabar berilganidek, O`zbekiston U-19 terma jamoasi 16–21 aprel kunlari Serbiya poytaxti Belgrad shahrida o`quv-mashg`ulotlar yig`inini o`tkazadi.
Yig`in doirasida O`zbekiston yoshlar termasi 18 va 20 aprel kunlari serbiyalik tengdoshlariga qarshi o`rtoqlik o`yinlari o`tkazadi.
Jamoa bosh murabbiyi Aleksandr Mochinov Serbiyadagi yig`inga 18 nafar futbolchini taklif qildi.
Darvozabonlar: Qilichev Jahohir (“Bunyodkor”), Umidjon Ergashev (“Nasaf”);
Himoyachilar: Abubakr Mo`ydinov (“Bunyodkor”), Ibrohim Yo`ldoshev (“Paxtakor”), Rahmatilla Mirzaahmadov (“Sementchi”), Abdulaziz Yoqubov (“Andijon”), Dilshod Saidov (“Nasaf”);
Yarim himoyachilar: Kamron Saidazimov (“Paxatkor”), Suhrob Izzatov (“Bunyodkor”), Isloim Kenjaboev (“Nasaf”), Boburjon Asqarov (“Paxtakor”), Abbosbek Jumaqulov (“Sementchi”), Georgiy Ahmedov (“paxtakor”), Oston Urunov (“Paxtakor”), Rasul Yo`ldoshev (“Bunyodkor”), Xudoyorxon Sagdullaev (“Nasaf”);
Hujumchilar: Asadbek Sobirjonov (“Paxtakor”), Jahongir Abdusalomov (“Bunyodkor”).
Navbatdagi yig`in O`zbekiston U-19 terma jamoasining 2018 yili yoshlar o`rtasida bo`lib o`tadigan Osiyo chempionati saralash bosqichiga tayyorgarlik rejasidan o`rin olgan. Saralash bosqichi uchrashuvlari shu yilning 31 oktyabr – 8 noyabr kunlari bo`lib o`tadi.






