Angliya chempionati 31-turida “Manchester Yunayted” o`z maydonida “Everton” futbolchilarini qabul qildi.
Qiziqarli va kurashlarga boy kechgan o`yinda 1:1 hisobidagi durang qayd etildi. Uchrashuvning so`nggi daqiqalarida Zlatan Ibragimovich tomonidan kiritilgan gol “MYu”ni mag`lubiyatdan saqladi.
Avvalgi turda “MYu” o`z maydonida “Vest Bromvich” futbolchilarini qabul qilib, 0:0 hisobida durang o`ynagandi.
Manchester Yunayted – Everton – 1:1 (0:1)
Gollar: Jagelka 22, Ibragimovich 90 (penalti)
Manchester Yunayted: De Xea, Yang (Shou 65), Bayi, Roxo, Blind (Pogba 46), Kerrik (Mxitaryan 65), Fellaini, Lingard, Errera, Reshford, Ibragimovich.
Everton: Robles, Beyns, Jagelka, Uilliams, Xolgeyt, Berri, Devis, Guye, Barkli (Kalvert-Lyuin 80), Miralyas (Pennington 67), Lukaku.
Ogohlantirishlar: Guye 45, Berri 54, Yang 57, Devis 88.
Chetlatish: Uilliams 90.