Italiya Kubogi yarim final javob o`yinida “Roma” o`z maydonida “Lasio”ni qabul qildi. Rim derbisi maqomidagi o`yinda “Roma” 3:2 hisobida zafar quchdi.
Ammo dastlabki o`yinda “Lasio” 2:0 hisobida g`alaba qozongani tufayi final yo`llanmasiga ega bo`ldi. Ikkinchi yarim final javob o`yinida “Yuventus” va “Napoli” final chiptasi uchun kurashadi.
Ilk o`yinda turinliklar 3:1 hisobida zafra quchgandi.
Roma – Lasio 3:2 (1:1)
Gollar: El-Shaaravi 43, Salax 66, Salax 90 — Milinkovich-Savich 37, Immobile 56
Roma: Allison, Ryudiger, Manolas, Juan (Peres 46), Emerson, Nainggolan, Paredes (Totti 81), Strootman, Salax, El-Shaaravi (Perotti 71), Jeko.
Lasio: Strakosha, de Vrey (Xudt 46), Uolles, Bashtush, Lukaku, Lulich, Bilya (Murdja 71), Milinkovich-Savich, Basta, Immobile, Anderson (Keyta 57).
Ogohlantirishlar: Nainggolan 26, Jeko 31, Anderson 31, Peredes 39, Lukaku 48, Perotti 74
Dastlabki uchrashuv: 0:2






