AsosiySport

Jasur Abduraimov shogirdlari Rossiya U-21 termasiga qarshi bahs olib boradi

'Jasur Abduraimov shogirdlari Rossiya U-21 termasiga qarshi bahs olib boradi 'ning rasmi

Jasur Abduraimov bosh murabbiyligidagi O`zbekiston yoshlar terma jamoasi shu yilning 27 may kuni Toshkent shahrida Rossiya U-21 termasiga qarshi o`rtoqlik o`yini o`tkazadi.

Tomonlar kelishuviga ko`ra, bo`lajak uchrashuvda har ikki jamoaning 1996–1997 yillarda tavallud topgan (yoki undan kichik bo`lgan) futbolchilari ishtirok etadi.

Qayd etish joiz, Rossiyaning 1996 yilda tavallud topgan futbolchilardan iborat U-16 termasi 2012 yili Evropa chempioni bo`lgan. O`sha yili O`zbekiston U-16 Osiyo chempionatida g`olib bo`lgandi.

Rossiya yoshlariga qarshi o`rtoqlik uchrashuvi Jasur Abduraimov shogirdlari uchun 2018 yili Xitoyda bo`lib o`tadigan U-23 Osiyo chempionatiga saralash bosqichi uchun tayyorgarlik vazifasini o`taydi. Saralash bosqichi shu yilning 15–23 iyul kunlari BAAda bo`lib o`tadi.

Boshqa yangiliklar