Bugun xonanda Nilufar Usmonova o`z tavallud ayyomini nishonlamoqda. Xonanda bugun 30 yoshni qarshi oldi.
6 aprel sanasi kirib kelishi bilan xonanda o`zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida onasiga minatdorchilik so`zlari bitilgan post yozib qoldirdi.
“Bu dunyoga kimlar kelar, kimlar ketar, ammo hamma-hammaga ham tarihda qolish nasib qilavermaydi, lekin Ollohga ming shukrlar bo`lsinki, yaqingina o`tmishda taqdir meni tug`ilishim bilanoq tarixga muhrladi. Bu ham bo`lsa onam tufayli! Tarixda san`atim zo`r yoki iste`dodim bo`lgani uchun emas, aynan Yulduz Usmonovaning yagonagina qizalog`i bo`lganim uchun qolsam kerak, deb o`ylayman.
Aziz onajonim, meni dunyoga keltirganingiz uchun, menga oq sut berganingiz uchun, o`z paytida qattiqqo`lik qilib, mehringizni ham ayamaganingiz uchun Sizga adoqsiz rahmat! To tirik ekanman men sizning o`sha jajjigina Nilifaringiz bo`lib qolaman. Taqdirimda boringizga, yashashni o`rgatganingizga tashakkur. Doim sizni sevib, mehringizdan quvvat olguvchi qizingiz Nilu...”
Xonandani birinchi bo`lib tabriklagan uning turmush o`rtog`i bo`ldi. “Sevimli insoning birinchi bo`lib tabriklaganda ajoyib hislarni tuyasan...”
Nilufar Usmonova bundan roppa-rosa bir oy oldin to`rtinchi bor ona bo`lgan edi. U to`rtinchi farzandi, qizi Sa`diyani dunyoga keltirdi, ertaga qizi 1 oylik bo`ladi.