OFK Kubogi–2017 musobaqasi “E” guruhi 3-turidan o`rin olgan “Bengaluru” (Hindiston) – “Abaxani Limited” (Bangladesh) uchrashuvini o`zbekistonlik FIFA referisi Sherzod Qosimov boshqaradi.
Sherzod Qosimovga qanotlarda Alisher Usmonov va Timur Gaynullin yordam beradi. Hakamlar ishiga gonkonglik Vong Chi Tang Charlton baho beradi. Uchrashuv komissari – Muhammad Sayfuddin bin Abu Bakr (Malayziya).
“Bengaluru” – “Abaxani Limited” uchrashuvi 18 aprel kuni Hindistonning Bangalor shahridagi Sree Kanteerava Stadium maydonida bo`lib o`tadi.






