“Barselona” jamoasi La Liga 31-turini safarda “Malaga”ga qarshi o`tkazadi. Mazkur bellashuvida Messi, Neymar va Suares “Barselona” uchun birgalikda 100-o`yinini o`tkazadi.
Mazkur trio ilk bor 2014 yilning 25 oktyabrida, “Real”ga qarshi o`yinda maydonga tushgandi. O`shanda “Qirollik klubi” 3:1 hisobida g`alaba qozongan.
Ma`lumot uchun, "MSN" deya atalmish trio “Barselona”da jami 712 ta (Messi – 496, Neymar – 100, Suares – 116) gol urishga muvaffaq bo`lgan.






