AsosiyJamiyat

​2017 yilning I choragida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari carhisob qilindi

'​2017 yilning I choragida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari carhisob qilindi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta`lim va ilm-fan, yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikasiyalar masalalari kompleksi sohalarining 2017 yilning birinchi choragida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va iqtisodiy islohotlarning bajarilishiga bag`ishlangan yig`ilishi bo`lib o`tdi.

Yig`ilishda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo`ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma`ruzasida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta`minlash borasida kompleks tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarda amalga oshirilgan ishlar natijalari va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi.

Joriy yilning birinchi choragida kompleks bo`yicha jami 1 trillion 637 milliard so`mlik mahsulot ishlab chiqarildi va xizmatlar ko`rsatildi. 2016 yilning shu davriga nisbatan o`sish sur`ati 118 foizni tashkil etdi.

Kompleks sohalarida 30 million 800 ming dollarlik xizmatlar va mahsulotlar eksport qilindi. 59 million 300 ming dollarga teng investisiyalar jalb qilindi va reja ko`rsatkichi 175 foizga bajarildi.

Yig`ilishda umumta`lim maktablari, akademik liseylar va kasb-hunar kollejlari, oliy ta`lim muassasalarida o`qitish sifatini tubdan oshirish, zamonaviy o`quv rejalari va metodlarini joriy etish, o`quvchilarga maxsus fanlar, mamlakatimiz va jahon sivilizasiyasi tarixi, xorijiy tillar hamda zamonaviy kompyuter dasturlarini chuqur o`rgatish, ta`lim muassasalaridagi pedagoglar va professor-o`qituvchilar tarkibini etarli pedagogik ish tajribasiga ega bo`lgan, kasbiy tayyorlangan mutaxassislar bilan to`ldirish, ularning malakasini oshirish borasida yo`l qo`yilgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Akademik va oliy o`quv yurtlaridagi ilm-fanni yanada rivojlantirish, davlatning ehtiyojlari va uning maqsadli vazifalarini inobatga olgan holda ilmiy muassasalar moddiy-texnik bazasini ilg`or xorijiy markazlar darajasida va olimlar talablariga muvofiq ravishda mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud muammolar xususida so`z yuritildi.

Amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta`minlash, yuksak ma`naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o`zlashtirgan, har tomonlama sog`lom va barkamol avlodni voyaga etkazishga qaratilgan yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish, joylarda uyushmagan yoshlarning qiziqish va ehtiyojlarini muntazam o`rganib borgan holda ularni foydali mehnatga jalb etishga yo`naltirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish zarurligi alohida ta`kidlandi.

Kompleks yig`ilishida muzeylar faoliyatini takomillashtirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, muzeylarda Mustaqillik ekspozisiyalarini tashkil etish, yoshlarni ma`naviy barkamol etib tarbiyalash, yoshlar ongiga Vatanga muhabbat tuyg`usini yanada chuqurroq singdirish, muzeylar vositasida xalqimiz tarixining eng yorqin sahifalarini va hozirgi hayotini, mamlakatimizning erkin demokratik taraqqiyotini yoritib beradigan asarlar yaratishda ijod ahliga har tomonlama yordam ko`rsatish masalalari ham ko`rib chiqildi.

Kinematografiya ob`ektlari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, o`sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik, milliy g`oya va mafkuraga sodiqlik ruhida tarbiyalashda filmlarning rolini oshirish bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar keng muhokama qilindi. Tegishli ko`rsatmalar berildi.

Yig`ilishda axborot-kommunikasiya texnologiyalarini izchil rivojlantirish, davlat va xo`jalik boshqaruvi, mahalliy hokimiyat organlarida zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini yanada keng joriy etish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo`lgan dolzarb vazifalarning borishi, kompyuter savodxonligi bo`yicha xodimlar bilim darajasini oshirish natijalari singari masalalar tahlil qilindi.

Interaktiv davlat xizmatlari ko`rsatish orqali kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari hamda aholi duch kelayotgan byurokratik to`siq va g`ovlarni bartaraf etish, ularni axborot bilan ta`minlash tizimini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tahliliy maqolalar, ko`rsatuvlar va eshittirishlarni bosma va elektron ommaviy axborot vositalari, xorijiy davlatlarda keng targ`ib qilish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni kuchaytirish masalalariga ham alohida e`tibor qaratildi.

Kompleks tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarda 2017 yil uchun belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini to`la amalga oshirish yuzasidan qo`shimcha chora-tadbirlar belgilanib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar