Aktrisa, xonanda va dizayner Shahzoda Muhammedova kinoaktyor va rejissyor Azamat Ahrorovga turmushga chiqayotgani haqidagi xabarlar “Notanish qotil” filmining “piar”i uchun qilinganini aytdi.
“Azamat Ahrorov bilan munosabatlarimiz haqidagi xabarlar ‘Notanish qotil’ filmimiz uchun qilingan ‘piar’ edi. O`shanda bu haqda aytmaganman. Endi aytayapman”, — deydi aktrisa.
“Bu holat sizning qo`lingizni so`rovchilar va uyingizga kelayotgan sovchilarning sonining kamayishiga sabab bo`lmadimi?” degan savolga Shahzoda quyidagicha javob berdi:
“Bu narsa mening uyimga kelayotgan sovchilarning soniga umuman ta`sir qilmaydi. Sovchilarim ko`p”.
Eslatib o`tamiz, bir yil avval Shahzoda Muhammedovaning Azamat Ahrorovga turmushga chiqayotgani haqida xabarlar tarqalgan, Shahzoda to`yning 2016 yilning oxiri yoki 2017 yilning boshlarida bo`lishini aytib o`tgan edi.