AsosiyDunyo

​Anjelina Joli biznesmenga turmushga chiqmoqda

'​Anjelina Joli biznesmenga turmushga chiqmoqda'ning rasmi

OAVlar bergan ma`lumotga ko`ra, Anjelina Joli yana turmushga chiqishga qaror qildi, deb xabar berdi Lady.mail.ru nashri.

Ajelina Joli va Bred Pittning ajrashish jarayoni hali nihoyasiga etmasdan, G`arb nashrlari 41 yoshli aktrisaning yana turmushga chiqayotganligi haqida xabar berdi.

In Touch nashrining xabar berishicha, Joli o`tgan yili tanishgan, xayriya ishlari bilan shug`ullanuvchi biznemenga turmushga chiqmoqda. Insayderning so`zlariga qaraganda, Anjelinaning yangi oshig`i uning farzandlari bilan tanishish uchun Los-Anjelesga uchib keladi.

“Bred Anjelinaning turmushga chiqish tugul, boshqa odam bilan uchrashishi mumkinligini xayoliga ham keltirmagan edi”, deb ma`lumot berdi manba 53 yoshli Bred Pittning g`aflatda qolganligini nazarda tutib.

Shuni ta`kidlash joizki, Bred va Anjelinaning ajrashayotgani haqida mish-mishlar tarqalgandan keyin ularning ishqiy sarguzashtlari haqida turli-tuman xabarlar tarqalgan edi. Ammo ularning birortasi rasman tasdiqlanmadi.

Eslatib o`tamiz, 2016 yilning sentyabr oyida Bred Pitt 41 yoshli Anjelina Joli bilan ajrashayotganligi ma`lum bo`lgan edi. Joli va Pitt 12 yil birga yashadi, ularning 6 nafar farzandi bor (uch nafari asrab olingan).

Boshqa yangiliklar