AsosiyDunyo

Facebook’ning to`g`ridan-to`g`ri efirida odam o`ldirildi

'Facebook’ning to`g`ridan-to`g`ri efirida odam o`ldirildi'ning rasmi

Ogayo shtatining Klivlend shahri polisiyasi o`z qurbonini Facebook tarmog`ining to`g`ridan-to`g`ri efirida o`ldirgan erkakni qidirmoqda.

Reuters agentligi ma`lumotlariga ko`ra, translyasiya vaqtida gumonlanuvchi avval ham ko`p insonni o`ldirganini ma`lum qilgan.

Qotillik 16 aprel, yakshanba kuni sodir etilgan. Ma`lumki, video muallif tomonidan hodisadan 3 soat o`tgach o`chirilgan. Polisiyachilar gumondorning shaxsini aniqlashgan — Stiv Stivens. Hukumat gumondorning belgilarini tarqatib, uning xavfli ekanligini ma`lum qildi. Klivlend bo`ylab u avtomobilda harakatlanadi. Polisiya mahalliy aholini ogohlikka chaqirib, jinoyatchini ushlashda yordam ko`rsatishlarini so`ramoqda. Qidiruv ishlariga Federal qidiruv byurosi boshqarmasi ham qo`shilgan.

Facebook kompaniyasi vakillari qotillik bo`yicha ariza bilan chiqishdi.

Facebook kompaniyasi arizasi: «Bu dahshatli qotillik, biz Facebook tarmog`ida bunday kontent joylashtirishni taqiqlaymiz. Biz Facebook xavfsiz hudud bo`lishi uchun qo`limizdan kelganini qilamiz va favqulodda holatlarda huquq-tartibot organlari bilan doimiy hamkorlikda bo`lamiz».

Boshqa yangiliklar