AsosiySUG'DIYONA

​Ajinlarga qarshi sinalgan parhez!

'​Ajinlarga qarshi sinalgan parhez!'ning rasmi

Bu afsona emas, balki ingliz dietologlari tomonidan tekshirilgan usullardan biri. Agar yuz teringizga erta ajin tushmasligini istasangiz, quyidagi taomnomaga diqqat qiling.

Dengiz mahsulotlari

Baliq, suv o`tlari, dengiz karami tarkibida D vitamini, kollagen va foydali yog` kislotalari serob. Mazkur moddalar teri kataklari yangilanishini tezlashtiradi. Haftada bir – ikki marta baliqdan suyuq yoki quyuq taom, dengiz karamidan salat tayyorlang.

Salat bargi

Oddiy ko`ringan mazkur ko`kat organizm uchun g`oyat foydali ekanini bilasizmi? Barra salat bargini kunora taom va eguliklarga qo`shib iste`mol qilishga odatlansangiz, teri tortilishlaridan qo`rqmasangiz ham bo`ladi. Teri holati me`yorda bo`lsa, mimik ajinlar chuqurlashmaydi.

Ko`k choy

Peshona va lab atrofi terisiga ajin tushmasligi uchun ko`k choyni kanda qilmang. Bu choy tarkibidagi flavonoidlar teri qarimasligidan himoyadir.

Ta`qiqlanuvchi mahsulotlar:

– Sho`r va achchiq eguliklar;

– Spirtli ichimliklar;

– Dudlangan mahsulotlar;

– Yog`li taomlar;

– Mayonez;

– Yong`oq, pista.

Boshqa yangiliklar