“Islom davlati” terrorchilik guruhi ommaviy qatlni amalga oshirishda yosh bolalardan foydalanmoqda, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
Ommaviy qatl aks etgan videorolik ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi.
Kadrda boshiga qora qalpoq, ustiga kamfulyaj kiygan bola terrorchining nutqidan keyin asirga olingan odamga qarata o`q uzgan. OAVlar bergan ma`lumotlarga ko`ra, ayni paytda terrorchilar guruhida odam etishmayotganligi tufayli ular keksalar va yosh bolalardan foydalanmoqda.