AsosiySUG'DIYONA

​Qaysi taom qancha muddatda hazm bo`lishini bilib oling!

'​Qaysi taom qancha muddatda hazm bo`lishini bilib oling!'ning rasmi

Ozishni istagan xonimlar quyidagi jadvalga amal qilsalar, ozishlari osonlashadi. Ya`ni, oshqozoningizdagi eguliklar hazm bo`lishini kuting, ustiga taom emang. Shunda nafaqat vazn tashlaysiz, balki oshqozon-ichak kasalliklarining oldini ham olasiz, bora-bora oshqozon kichrayib, bu rejimga ham o`rganadi. Ko`p eb yuborish, ochko`zlik kabi odatlardan xalos bo`lasiz. Demak, qaysi taom qancha muddatda hazm bo`lishini bilib olamiz.

1. Meva va sabzavot sharbatlari — 15-20 daqiqa.

2. Salatlar — 20-30 daqiqa.

3. Tarvuz — 20 daqiqa.

4. Qovun — 30 daqiqa.

5. Apelsin, uzum — 30 daqiqa.

6. Olma, nok, shaftoli, olcha va boshqa yarim shirin mevalar — 40 daqiqa.

7. Pomidor, salat bargi, bodring, selderey, qizil va yashil bulg`or qalampirlari va boshqa suvli sabzavotlar — 30-40 daqiqa.

8. Sabzi va sholg`om — 50 daqiqa.

9. Qovoq va kartoshka — 1 soat.

10. Guruch, grechixa, perlovka — 60-90 daqiqa.

11. Loviya, no`xot, mosh — 90 daqiqa.

12. Bodom, eryong`oq, yong`oqlar — 2,5-3 soat.

13. Suv, choy, qahva, kakao, sho`rva, sut, qaynatilgan baliq go`shti — 1-2 soat.

14. Quymoq, qaynatilgan tuxum, non — 2-3 soat.

15. Qaynatilgan tovuq go`shti, rediska, ismaloq, qovurilgan kartoshka, kurka go`shti — 3-4 soat.

16. Qovurilgan go`sht, seld balig`i — 4-5 soat.

17. Qo`ziqorinlar — 5-6 soat.

Yodda tuting!!! Uxlashdan 3-4 soat avval hech narsa emaslikka odatlaning. Hammaning organizmi har xil, yuqorida ko`rsatilgan hazm bo`lish muddatlari o`rtacha qilib olingan.

    Boshqa yangiliklar