To`rtinchi marotaba ona bo`lish baxtiga sazovor bo`lgan xonanda Nilufar Usmonova qizi Sa`diyaxonning tashqi olamga moslashuv jarayonini fotosuratlarga muhrlashga qaror qildi. Nilufar yangi tug`ilgan chaqaloqlarni suratga tushirish bilan shug`ullanuvchi professional fotosuratchilardan biriga murojaat qildi.
Xonanda hali ikki oylik qizalog`i Sa`diyaxonning suratlarini ko`rsatganicha yo`q. Nilufar Instagram`dagi sahifasiga Sa`diyaxonning jajji oyoqchalari hamda fotosessiya uchun kerakli boshqa buyumlarning suratlarini joylashtirdi. Suratlar qisqa muddat ichida rekord natijadagi “layk”larni qo`lga kiritdi.