Bugun, 28 aprel kuni o`zbek san`atining uch taniqli vakili tavallud kunlarini nishonlamoqda. O`zbekiston xalq artisti Zulayho Boyxonova, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rashid Xoliqov va xonanda Kaniza bir kunda tug`ilgan.
Instagram ijtimoiy tarmog`ida mazkur uch san`atkorga atalgan tabriklar yozib qoldirilmoqda.
Kaniza muxlislari va yaqinlari uni qanday tabriklashgani aks etgan fotosuratlarni o`z shaxsiy sahifasiga joylashtirdi va barcha tabriklaganlarga minnatdorchilik bildirdi.
Fursatdan foydalanib, Zulayho Boyxonova, Rashid Xoliqov va Kanizani bugungi tug`ilgan kunlari bilan muborakbod etamiz!