O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rayhon G`anieva va aktyor Yigitali Mamajonovning o`g`illari Islom va Imron bugun, 1 may kuni 3 yoshga to`ldi.
Mazkur sana munosabati bilan Rayhon va Yigitali o`g`illariga atalgan dil so`zlarini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga yozib qoldirdi.
Rayhon farzandlarining suratlarini Instagram`dagi sahifasiga joylab, ularni tug`ilgan kunlari bilan tabrikladi.
“Bolajonlarim mening, tavvallud ayyomlaring muborak bo`lsin. Alloh tanu jonlaringni sog`-salomat, qalblaringni iymonga to`la qilsin In sha Alloh. Farzandlarimizning baxtu kamolini ko`rish bu dunyodagi har bir ota onaga nasib qilsin, Ilohim!”,—deb yozadi Yigitali Mamajonov.
Ma`lumot uchun, Rayhon va Yigitali 2012 yilning 16 noyabr kuni turmush qurgan edi. Ularning egizak o`g`illari 2014 yil 1 may kuni dunyoga kelgan. 2016 yilning may oyida Yigitali va Rayhonning qonunan ajrashgani ma`lum bo`ldi.