Aktyor Javohir Zokirov “Darakchi” gazetasiga intervyu berdi.
Aktyor intervyu jarayonida hozirgi kundagi konsertlarga deyarli bormasligini ma`lum qildi.
“2001 yil “Istiqlol” san`at saroyida yakkaxon konsert dasturimni taqdim etganman. Fonogrammada kuylagandim, o`shanda. Konsert yakuniga etguncha, o`zim ham tamom bo`lay degandim. Sahnaga chiqib yolg`ondan, o`zimni xuddi qo`shiq kuylayotgandek tutganimni hazm qilolmay, vijdonim qiynalgan. Chunki aslida, fonogrammani jinim suymaydi. Shu sabab ham bugungi konsertlarga bormayman. Mayli, mini-diskni qo`yib, kuylashsin, kimdir buni o`ziga ep ko`rar, lekin shunga yarasha chiptalar narxini 5-6 barobarga arzonlashtirishsin. Axir, fonogramma tomoshasi uchun yuz ming so`mlab pul to`lash noto`g`ri-ku? Bunday xonandalarga faqat insof so`rayman...”,—deydi Javohir Zokirov.
Aktyor bilan to`liq suhbatni “Darakchi” gazetasining 4 mayda sotuvga chiqadigan yangi sonida o`qishingiz mumkin!