AsosiyShou-biznes

​O`zbek kinematografiyasini yangi davr kutmokda

'​O`zbek kinematografiyasini yangi davr kutmokda'ning rasmi

Bugun Toshkentda mamlakatimizda kinematografiya sohasini yanada rivojlantirishga ko`maklashish, sohada faoliyat ko`rsatayotgan tadbirkorlik sub`ektlari va yosh kinoijodkorlarfaoliyatini qo`llab-quvvatlash, ularning ijodiy imkoniyatlarini ro`yobga chiqarishga amaliy yordam berish kabi bir qator ijtimoiy maqsad va vazifalarni amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan Kinematografiyani rivojlantirish Markazining tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi.


Markaz direktori Oybek Abdushukurov Markazning asosiy faoliyat yo`nalishlari bilan tanishtirdi:

tashkilot a`zolari va kinematografiya sohasida faoliyat ko`rsatayotgan boshqa jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;

ularning professional ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini davlat hokimiyati va boshqarui organlari, NNT va boshqa korxona, tashkilot, muassasalarda ifoda etish;

milliy manfaatlarimizga, urf-odatlarimizga mos keluvchi kino ishlab chiqarishlariga erishish va ularni mahalliy va xalqaro bozorlarda targ`ib qilinishiga ko`maklashish;

sohada xalqaro aloqalarni mustahkamlash;

kinematografiya sohasidagi normativ-huquqiy bazani yaratishga yo`naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda tashabbuskor bo`lish va ishtirok etish;

Tashkilot a`zolarining mualliflik va turdosh huquqlarini, qadr-qimmat va ishchanlik obro`sini hmoya qilishga ko`maklashish;

Kinoprokat tizimini tashkil etish.

Tadbir davomida bugungi kinematografiyaning xususiy sektorida echimini kutayotgan muammolarga ham to`xtalib o`tildi va Markaz tomonidan rejalashtirilayotgan ularga mos echimlar taklif qilindi.

Tadbirda kinoshunos Nigora G`anieva hamda “O`zbekkino” MA direktori o`rinbosari Nizomi Mahmudov yig`ilganlarning savollariga atroflicha javob qaytarishdi.


Tantanali ochilish marosimida kino arboblari, kino tanqidchilar, aktyor va aktrisalar hamda OAV xodimlari ishtirok etdilar va Markaz yuzasidan o`z taklif va mulohazalarini bildirdilar.

Boshqa yangiliklar