Bugungi kunda huquq-tartibotni saqlash hamda mustahkamlash va jamiyatning har bir a`zosi xafsiziligini ta`minlash maqsadida ichki ishlar organlarining manfaatdor vazirlik va idoralar, fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqindan hamkorligi asosida keng ko`lamli profilaktik tadbirlar o`tkazib kelinmoqda.
Huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish hamda aholining ijtimoiy-iqtisodiy turmush sharoitini tizimli ravishda o`rganish maqsadida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida tashkil etib kelinayotgan tadbirlarda pasport tizimi qoidalarii buzish, noqonuniy o`q otar qurolar va norkotik vositalarni saqlash holatlari aniqlanmoqda.
Mazkur yo`nalishda ko`rilgan chora-tadbirlar natijasida joriy yilning ohirgi uch oyi davomida 100 mingdan ortiq shaxs ma`muriy javobgarlikka tortildi, 300 dan ortiq qidiruvdagi jinoyatchilar qo`lga olindi. Huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi chora-tadbiri sifatida 160 mingdan ortiq profilaktika suhbatlar o`tkazildi.
Asosiy e`tibor, voyaga etmaganlar va yoshlar tariyasiga qaratilib, o`quvchi va talabalarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, ularning ta`lim muassasalaridagi davomatini ta`minlash bo`yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Buning natijasida, mart oyida voyaga etmaganlar o`rtasida jinoyatchilikning darajasi 2 foizga, yoshlar o`rtasida 2,4 foizga, shu jumladan kollej va lisey o`quvchilari o`rtasida 10,9 foizga, oliy ta`lim muassasalarida 39,5 foizga kamaydi.
Qayd etish kerakki, huquqbuzarliklarga murosasizlik madaniyatini shakllantirish, huquqiy nigilizmga barham berish va fuqarolarning qonunga itoatkorlik xulq-atvorini ommalashtirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish muhim o`rin egallaydi. Shu bilan birga, mazkur jarayonlarning samarali amalga oshirilishi, birinchi navbatda jamiyatning har bir a`zosi davlat kelajagiga befarq bo`lmasligi lozim.
Shularni inobatga olgan holda O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi barcha davlat organlari, tashkilotlar va jamoatchilik tuzilmalarini, shuningdek, fuqarolarni “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” samarali o`tkazilishi hamda huquqbuzarliklarni oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishda faol hamkorlikka chorlaydi.