2017 yilning birinchi choragida Facebook ijtimoiy tarmog`i foydalanuvchilarining soni 1,94 milliard kishini tashkil etdi.
Kompaniya hisobotlari asosida berilgan ma`lumotda har oyda 1,94 milliard kishi ijtimoiy tarmoqqa kirishi ma`lum qilingan. Shu bilan birga Facebook ijtimoiy tarmog`ining bir foydalanuvchisidan olingan daromad o`tgan yilning birinchi choragida 3,32 dollarni tashkil etgan bo`lsa, joriy yilning birinchi choragida 4,23 dollarni tashkil etdi.
So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, dunyo aholisining 27 % mazkur ijtimoiy tarmoqdan foydalanadi. Facebook sahifalarida qotillik va o`z joniga qasd qilish sahnalari aks etgan videoroliklar ko`payib ketgani bois ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga viderolik joylashtirish qonun-qoidalari bo`yicha qat`iy talablar qo`ydi.