«Erimni menchalik yaxshi biladigan inson yo`q» deysizmi? To`g`ri, qanday taomni yoqtirishi-yu, xarakteri, do`stlari yoxud qiziqishlaridan xabaringiz bor. Ammo uning reja, maqsad va o`ylari haqida nima deysiz? Ehtimol fe`lidagi ayrim jihatlarni bilmassiz hali. Keling, ikkilanishlarga chek qo`yib, quyidagi testga diqqat qaratamiz. Savollarga javob berish orqali juftingiz haqida qanchalik yaxshi bilimga ega ekanligingizni bilib olasiz.
1. Turmush o`rtog`ingiz ishdagi yoki do`stlari bilan bog`liq voqealarni so`zlab beradimi?
– Hamisha shunday - 5 ball
– Ba`zida aytishi mumkin, ammo oxiriga etkazmaydi - 3 ball
– Bular haqida suhbatlashmaymiz - 0 ball
2. Stress holatida o`zini qanday tutadi?
– Yaqin do`sti bilan dardlashadi- 5 ball
– Yolg`iz qolishni ixtiyor qiladi- 2 ball
– Rosti, bilmas ekanman - 0 ball
3. Sizningcha, juftingiz ko`proq nimadan xavotirlanadi?
– Turmushimiz bo`lmay, ajrashib ketishimizdan- 3 ball
– Aniq biror holatni aytolmayman - 2 ball
– Ishini yo`qotishdan- 0 ball
4. Sizdagi qaysi fazilat yoringizni maftun etgan?
– O`zimga oro berib yurishim, pazandaligim va salgina tannozligim bo`lsa kerak - 5 ball
– Menimcha, yaxshi uy bekasi bo`lsam kerak. Bu mavzuda sira so`z ochmagan - 2 ball
– Bir ko`rishda sevib qolganini aytgan xolos - 0 ball
5. Tasavvur qiling, tobingiz bo`lmayapti. Eringiz kechki ovqatni tayyorlab qo`yishi mumkinmi?
– Sira bunday bo`lmagan. Oshxona faqat mening joyim 0 ball
– Ehtimol tayyorlay olar 2 ball
– Bolalar bilan biror erga ketsam, o`zi uchun ovqat pishirib eydi 5 ball
6. Bo`sh vaqtini qanday o`tkazishni yoqtiradi?
– Aniq bir narsa deyish qiyin 0 ball
– Odatda do`stlari bilan futbol o`ynaydi yoki choyxonada yig`ilishadi 5 ball
– Divanga yonboshlab, televizor tomosha qiladi - 4 ball
7. Turmush o`rtog`ingiznging zaif «nuqtasi» ni bilasizmi?
– Mashinasi uchun biror aksessurni ko`rsa, bor – budini sarflab yuboradi 5 ball
– Tanqidni ko`tarolmaydi. Aybini aytsangiz, darrov jahli chiqadi 1 ball
– Ishda boshlig`ining nazaridan qolishni istamaydi 3 ball
8. Uning g`ashini keltiradigan holat?
– Ishdan kech qaytishim - 5 ball
– Har qanday vaziyatda ham noroziligini ko`rsatmaydi. Ammo xatti-harakatidan sezdirib qo`yadi - 1 ball
– Erimning fe`li og`ir. Imkon qadar g`ashiga tegadigan ish qilmayman 1 ball
9. Ishda hamkasblari bilan munosabati qanday?
– Uni hamma hurmat qiladi - 3 ball
– Hamkasblari to`g`risida gapirmaydi - 0 ball
– Ishxonada u etakchi xodim - 5 ball
10. Uning yoqtirgan taomi?
– Ovqat tanlamaydi - 5 ball
– Xamirli taomlarni yoqtiradi - 1 ball
– Sergo`sht eguliklarni mazza qilib eydi - 2 ball
11. Tashqi ko`rinishingizni qanday baholaydi?
– O`zingga qarab yur, deydi hamisha - 2 ball
– Pardoz-andoz qilishimni yoqtirmaydi - 2 ball
– «Men go`zal ayolga uylanganman» deydi ahyon-ahyonda - 5 ball
12. Notanish raqamdan qo`ng`iroq bo`ldi. Eringizning munosabati?
– O`zini oqlashga tushadi - 1 ball
– Parvoyiga ham keltirmaydi- 0 ball
– Notanish ayol bahona g`ashimga tegadi - 4 ball
13. Ishda ushlanib qolsa nima deydi?
– So`roqlashni yoqtirmayman - 5 ball
– Qo`ng`iroq qilib, kech qaytishini aytadi - 2 ball
– Hisob berishni yoqtirmaydi - 1 ball
14. Oylik maoshi haqida bilasizmi? Qo`shimcha daromadlarini-chi?
– Albatta bilaman. Axir oila xazinabonimanku! - 3 ball
– Pullik ishlariga aralashmayman - 5 ball
– Xarajatlarni to`ldirishiga qarab qancha topayotganini chamalayman - 2 ball
Natijalarga qarang:
To`plagan balingiz 50 va undan yuqori bo`lsa: juftingiz to`g`risida barcha ma`lumotga egasiz. Faqat ayrim xollarda nazoratni kuchaytirib yuborasiz. Tilingizga ehtiyot bo`ling.
30 dan 40 ballgacha: juftingizning siz bilmagan ayrim jihatlari bor. Vaqtni bahona qilmay, salgina e`tiborni kuchaytirsangiz, turmushingiz to`kis bo`ladi.
20 dan 30 ballgacha: eringiz to`g`risida etarli ma`lumotga ega emassiz. Munosabatingizni yana bir bor ko`rib chiqing. «Ichimdagini top» odatidan voz kechsangiz, juftingiz sizga «ochiladi».
20 balldan kam bo`lsa: o`rganishingiz kerak bo`lgan narsalar ko`p. Avvalo yoringizni tinglay biling. Istaklarini xomxayol sifatida qabul qilmang. Kuzatuvchanlik qobiliyatingizni ishga solishingiz lozim.
YuLDUZ tayyorladi