AsosiyDunyo

​Nogironlar aravasida raqsga tushgan qiz ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining mehrini qozondi (Video)

'​Nogironlar aravasida raqsga tushgan qiz ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining mehrini qozondi (Video)'ning rasmi

Nogironlar aravasida o`tirgancha, raqsga tushayotgan qiz aks etgan video ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining mehrini qozondi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

Mazkur video Qozog`istonning Chimkent shahridagi reabilitasiya markazlaridan birida suratga tushirilgani aniqlandi. Videorolik qahramoni esa professional raqqosa bo`lib, nogironlar aravasida raqs tushish bo`yicha o`tkazilgan musobaqalarda bir necha marotaba g`alaba qozongan. Chimkent shahrida yashovchi 27 yoshli Ayjan Jakulaeva bundan bir necha yillar muqaddam nogironlar aravachasiga mixlangan. 2011 yilda shifokorlar uning umurtqa pog`onasida o`simta borligini aniqlashdi, operasiyadan keyin esa unga nogironlar aravasida harakatlanish tavsiyasi berildi. Mana 6 yildirki, u nogironlar aravasida harakatlanadi. “Umurtqamda o`simta borligi aniqlangandan beri nogironlar aravasiga mixlandim, olti yildan beri arava yordamida harakatlanaman. Sportning nogironlar aravasida raqs tushish turi borligini bilganimdan keyin u bilan jiddiy shug`ullana boshladim. Hozirda xuddi o`zimga o`xshab, nogironlar aravasida harakatlanadigan Ermek Kalimbetov bilan birga musobaqalarda ishtirok etmoqdaman”, dedi Ayjan.

2016 yilda Ayjan Qozog`iston chempionatida mazkur sport turining mamlakat Kubogini qo`lga kiritdi. U ilgarigidek, o`z oyoqlarida raqsga tushishni orzu qilishini tan oldi. Ammo shifokorlar hozircha uning batamom oyoqqa turib ketishiga, sog`ayishiga va`da bermayapti.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar