Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi akademik M. Mirzaev nomidagi bog`dorchilik, uzumchilik va vinochilik ITIda harbiy texnikalar va qurol-aslahalar ko`rgazmasi bir hafta davom etadi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.
Ko`rgazma 9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tashkil etilgan bo`lib, bu erda O`zbekiston Prezidenti va mamlakatning barcha viloyatlaridan 500 nafar urush va mehnat faxriylari ishtirokida tantanali marosim o`tkazildi.
Institut bog`ida 1941−1945 yillar muhiti hukmron — okop va blindajlar qurilgan. Texnika va qurol-aslahalardan avtomobillar, tanklar, samolyotlar, zambaraklar, pulemyotlar va boshqalar namoyishga qo`yilgan.