AsosiyShou-biznes

​Tamila behayo suratlari va videosini tarqatish kimga kerak bo`lgani haqida gapirdi

'​Tamila behayo suratlari va videosini tarqatish kimga kerak bo`lgani haqida gapirdi'ning rasmi

Xonanda Tamila ishtirokidagi behayo suratlar va video tarqalganidan so`ng “Maestro” prodyuserlik kompaniyasi u bilan hamkorliknito`xtatgan edi. Shundan so`ng xonanda bir muddat ko`rinmay qoldi. Bu orada turli mish-mishlar tarqaldi. Hatto, “Tamila boshqa davlatga ko`chib ketibdi” deganlar ham bo`ldi.

Xonanda “Shok.uz” saytiga bergan intervyusida behayo suratlari va videosini tarqatish kimga kerak bo`lgani haqida gapirdi.

“Ijodda tanaffus qilishimga shaxsiy hayotim sabab. Ijod qilishimga turmush o`rtog`im qarshi edi. U bilan ancha oldin ajrashganmiz, lekin meni haligacha tinch qo`ymaydi. U men ijod bilan shug`ullanmasligim uchun qo`lidan kelgan hamma ishni qildi. Jumladan, tuhmat va mening ishtirokimda fotoshopda qilingan behayo suratlar va videoni ham tarqatdi. Men bo`lib o`tgan ishlardan g`azabga tushdim. Ularni sud tibbiy ekspertizasiga topshirdim va bu suratlar hamda videoda men emasligimni isbotladim. Sud xodimlari menga tuhmat qilgan insonni sudga berishim mumkinligini aytishdi. Lekin men bunday qilmadim. U mening hayotimni barbod qilgan bo`lsa ham, men uning hayotini buzishni istamadim. Sababi, men Xudoga qattiq ishonaman.

U inson hozirgacha meni tinch qo`ymaydi. O`tgan yillar ichida qanday do`zahda yashaganimni siz tasavvur ham qilolmaysiz. Agar u meni tinch qo`ymaydigan bo`lsa, davlatdan yordam so`rashimga to`g`ri keladi. Men shunchaki tinch yashashni istayman”,—deydi Tamila.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar