1. Miriqib uxlang. Chunki uyquning go`zallikka ham ta`siri bor. Uxlaganda tanamiz dam oladi va tiklanadi.
2. Uyquga yotishdan avval yuzingizni ter, kosmetik krem va bo`yoqlardan tozalang.
3. Tanadagi suv muvozanatini ushlab turing. Kun davomida 1,5 litrdan kam bo`lmagan miqdorda suyuqlik iching. Havo harorati 25 darajadan oshsa, ichiladigan suyuqlik miqdorini 2 litrga oshiring.
4. Terini namlantiring. Buning uchun turli namlantiruvchi krem va losonlardan foydalaning.
5. To`g`ri ovqatlaning. O`zingizni ochlik yoki ortiqcha to`qlik bilan qiynamang. Meva-sabzavotlardan ko`proq tanovul qiling.
6. Kipriklaringizdagi tushni tozalash uchun avval yuzingizni chaying va 2-3 daqiqa kuting. Kipriklardagi tush ivigach, engil harakatlar bilan chayib tashlang. Ko`z atrofidagi teri juda nozik, uni qancha ko`p ishqalasangiz, shuncha tez ajin tushadi.
7. Asabiylashmang. Go`zallikning eng katta dushmanlaridan biri — stress.






