1

​Yilning eng yaxshi tadbirkori, fermeri va hunarmandiga Spark avtomobillari topshirildi

Jamiyat 23.05.2017, 09:59
Teglar: Avto, Sovg`a, Ko`rik-tanlov, Prezident
​Yilning eng yaxshi tadbirkori, fermeri va hunarmandiga Spark avtomobillari topshirildi

Poytaxtimizda “Tashabbus – 2017” ko`rik-tanlovi g`oliblarini taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi

Poytaxtimizda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Tashabbus – 2017” ko`rik-tanlovining mamlakat bosqichi bo`lib o`tdi.

Tanlovda ko`rikning Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi g`oliblari ishtirok etdi, deb yozadi O`zA.

Tanlovda qatnashish istagida bo`lganlar yildan-yilga ortib borayotgani uning ahamiyati va ko`lami kengayayotganidan dalolat beradi. Joriy yilda ushbu tanlovning tuman va shahar bosqichlarida 576 tadbirkorlik sub`ekti ishtirok etdi. Hakamlarning yuqori baholariga sazovor bo`lgan 41 ishtirokchi “Tashabbus – 2017” ko`rik-tanlovining mamlakat bosqichiga yo`llanma oldi.

“Tashabbus – 2017” ko`rik-tanlovi g`oliblarining nomlari e`lon qilindi. Ular uchta asosiy – «Yilning eng yaxshi tadbirkori», «Yilning eng yaxshi fermeri» va «Yilning eng yaxshi hunarmandi» yo`nalishida taqdirlandi.

«Yilning eng yaxshi tadbirkori» nominasiyasida Toshkent viloyatidagi "Torimed Pharm" mas`uliyati cheklangan jamiyati rahbari Ahadjon Shukurov g`olib bo`ldi. Buxoro viloyatidan Ahmad Arabov «Yilning eng yaxshi hunarmandi» deb e`tirof etildi. Andijon viloyatidagi "Baxt imkon rivoj chorvasi" fermer xo`jaligi rahbari Faxriddin Ismoilov «Yilning eng yaxshi fermeri» deb e`lon qilindi.

«Yilning eng yosh tadbirkori», «Yilning eng yaxshi tadbirkor ayoli», «Eng yaxshi innovasion loyiha», «Yoshlarga eng ko`p ish joyi yaratgan tadbirkor», «Yilning eng yaxshi eksportchisi» va «Respublika ichki bozorida talab bo`lgan yangi turdagi iste`mol mahsulotlarini ishlab chiqqanlik uchun» kabi nominasiyalar g`oliblari ham e`lon qilindi.

Asosiy nominasiyalar g`oliblariga Prezidentimiz sovrini – “Spark” avtomobili, ikkinchi va uchinchi o`rin sohiblariga pul mukofotlari, maxsus nominasiyalar sovrindorlariga qimmatbaho sovg`alar topshirildi. G`oliblar xalqaro tanlovlar, yarmarkalar, seminarlarda ishtirok etishi, o`z yo`nalishlari bo`yicha chet elda malaka oshirishi mumkin.

“Tashabbus – 2017” ko`rik-tanlovi g`olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi san`at ustalari va yosh ijrochilarning konserti bilan yakunlandi.

Sharhlar

Prezidentning Tojikistonga tashrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochdi

19.04.2024, 18:05

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Tojikistonga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlar yakuniga etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Kuni kecha O`zbekiston rahbari Prezident Emomali Rahmon...
O`zbekiston va Tojikiston o`rtasidagi munosabatlarda yangi tarixiy davr boshlanmoqda

19.04.2024, 14:58

Dushanbega davlat tashrifi doirasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 19 aprel kuni Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzodani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati...
O`zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish bo`yicha davlat komissiyasi tashkil etildi

03.02.2023, 11:00

O`zbekiston Prezidenti “O`zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarini qurollantirish va mudofaa sanoati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish bo`yicha chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmonni imzoladi.Hujjat bilan O`zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish bo`yicha...
⚡️Shavkat Mirziyoev Andijonga jo`nab ketdi

01.02.2023, 09:59

Prezident Shavkat Mirziyoev hududlar iqtisodiyoti, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Andijon viloyatiga jo`nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.Ma`lum qilinishicha, tashrif davomida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1