Evropa Ligasi finalida “Ayaks”ni 2:0 hisobida taslim etib, o`z tarixda ilk marotaba Evropa Ligasi g`olibiga aylangan “MYu” futbolchilariga jami qancha mukofot puli ajratilgani ma`lum bo`ldi.
The Times gazetasining ma`lum qilishicha, mankunianlar kelasi mavsum Chempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etish huquqini kiritganch jami 44 mln evro mukofot puli oladi.
Klub Chempionlar ligasiga chiqqani uchun maoshi 20 ming funtdan oshiq bo`lgan futbolchilar o`z maoshiga 25% qo`shimcha pul olishadi. Shu bilan birga UEFA futbolchilarga 1 mln. funt o`tkazib beradi.






