1

Ro`zaning 15 ta fazilati

Hidoyat sari 26.05.2017, 15:51
Teglar: Muborak Ramazon
Ro`zaning 15 ta fazilati

Buyuk Alloh ro`zani har bir musulmonga farz qilib berdi va ro`za O`zi uchun ekanligini aytdi. Musulmonlar Allohning roziligiga erishishning ushbu imkoniyatini hech qachon qo`ldan chiqarmasliklari darkor.

Ro`zada - Allohning rahmati va mag`firati bor bo`lib, unda musulmon uchun ko`plab foyda va manfaatlar borki, ular xaqida hadislarda ham bayon qilingan:

1. “Dunyodagi har bir narsaning zakoti bor va badanning zakoti ro`zadir”.

2.“Ochlik va chanqoqni Alloh uchun boshdan kechiradigan musulmonlar naqadar baxtlidirlar. Bunday kishilarning martabalari qiyomat kunida ulug` bo`ladi”.

3.“Agar Allohning quli ramazon oyida naqadar ko`p rahmatlar yashirin ekanligini bilganida edi, bu oyni butun yilga cho`zilishini so`ragan bo`lar edi”.

4.“Agar banda yolg`on so`z va amaldan to`xtamasa, uning emak va ichmakdan cheklanishi Alloh uchun kerak bo`lmaydi”.

5. Kimki ro`zadorni taomlantirsa, u ro`zador darajasidagi savobga erishadi. Ro`zadorning savobi esa kamayib qolmaydi”.

6.“Alloh taolo marhamat qiladi: mening bandalarim ichida eng sevimlilari ro`za uchun shoshiladiganlaridir”.

7.“Ro`za - qalqondir. Agar sizlardan biringiz ro`za tutsa, yomon so`z aytmasin, shovqin solmasin. Agar uni xaqorat qilishsa yoki urishsa, “Men ro`zadorman” deb aytsin”. 8.“Jannatning “Ar-Rayyon” nomli darvozasi bo`lib, ulardan faqatgina ro`zadorlar kiradi. Qiyomat kuni “Ro`zadorlar qani?” deb so`raladi, shunda ular o`rinlaridan turadilar va ushbu darvozalardan jannatga kiradilar. Ular kirib bo`lgach, darvozalar yopiladi va boshqa hech kim kiritilmaydi”.

9.“Kimki ramazonda mukofot niyatida e`tiqod va umid bilan ro`za tutgan bo`lsa, uning avvalgi sodir etilgan gunoxlari kechiriladi”.

10.“Ramazon paytida Alloh olovdan qutulib qoluvchi bandalarini tanlaydi”.

11.“Kimki Alloh uchun bir kun ro`za tutsa, Alloh uni etmish yillik masofadagi do`zax olovidan omonda saqlaydi”.

12.“Agar tong yorishguncha banda ro`za tutishga niyat qilmasa, uning tutgan ro`zasi qabul bo`lmaydi”.

13.“Kimki Alloh rahmatidan umidvor bo`lib bir kun bo`lsa ham ro`za tutsa, bu kun umrining oxirgi kuni bo`lsa ham, u jannatga kiradi”.

14.“Ro`za qalqondir va kimki ro`zador bo`lsa noma`qul ishlardan cheklansin va shovqin solmasin. Agar kimdir u bilan urushmoqchi bo`lsa yoki uni xaqorat qilsa, bas u ikki marta “Men - ro`zadorman” desin”.

15.“Muhammad sollallohu alayhi vasallamning joni qo`lida bo`lgan Zotga qasamki, Alloh uchun ro`zadorning og`zidan kelayotgan hid mushkning hididan ko`ra yoqimliroqdir va ro`zador esa ikki holatda hursandchilikni his qiladi: iftor paytida hursand bo`ladi va Holiqi bilan ko`rishganda ro`za tutgani uchun bergan ajrini ko`rganida hursand bo`ladi”.

islom.uz

Sharhlar

Qadr kechasi uchun 27 tavsiya

11.06.2018, 14:50

Kechasi tetik turish uchun peshindan keyin biroz dam oling.Ibodatga xalal bermaslik uchun iftorda ko`p ovqat emang.Bu kechani ibodat bilan o`tkazayotganda tavba qilishga azm qilish.Barcha mo`minlar...
Qadr kechasi: eng buyuk tun

11.06.2018, 14:39

Bolaligimda, bir sehrli kechada laylak uchib kelishi, u uchib o`tayotganda inson nimani ushlasa, o`sha narsa oltinga aylanib qolishi haqidagi rivoyatni eshitganimdagi hayrat va hayajonni hozir...
Qadr kechasi: fazilatlari va alomatlari

07.06.2018, 15:49

Ramazon xususida biz bandalarga uchta mag`firat va`da qilindi. Dastlabkisida “kim Ramazon ro`zasini imon va ajr umidida tutsa, uning o`tgan gunohlari mag`firat qilinadi”, deyilgan. Keyingisida “Kim...
Ramazon oyida bo`lgan tarixiy hodisalar

21.05.2018, 11:27

Ramazon oyida juda katta tarixiy voqealar sodir bo`lgan. Shu o`rinda muslim.uz nashri ulardan ayrimlarini sanab o`tdi:Milodiy 610 yili, hazrati Muhammadga (sollallohu alayhi va sallam) qirq...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1