AsosiySport
4950

Ronaldu boylik bo`yicha yana hammani ortda qoldirdi

'Ronaldu boylik bo`yicha yana hammani ortda qoldirdi'ning rasmi

Portugaliya terma jamoasi va "Real" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Forbes talqiniga ko`ra yana bir bor dunyoning eng ko`p maosh oluvchi futbolchisi bo`ldi, deb yozadi CA.

Ronaldu yiliga 93 mln dollar pul topadi, undan 58 millionni 32 yoshli futbolchi klubdan oladi. Ikkinchi o`rinda "Barselona" vakili Lionel Messi (80 mlndan 50 mln klubda), uchinchi o`rinda Neymar (37 mln, 15 - mln klubda) qayd etildi.

Kuchli o`nlikka quyidagi futbolchilar ham kiritildi: Garet Beyl (34 mln), Zlatan Ibragimovich (32 mln), Ueyn Runi (23,6 mln), Luis Suares (23,3 mln), Serxio Aguero (22,6 mln), Xames Rodriges (21,9 mln), Pol Pogba (21,2 mln).

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar