AsosiySport

O`zbekiston va Rossiya o`yinini tomosha qilish bepul ekani ma`lum bo`ldi

'O`zbekiston va Rossiya o`yinini tomosha qilish bepul ekani ma`lum bo`ldi 'ning rasmi

Bugun, 27 may kuni Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O`zbekiston yoshlar termasi Rossiya U-21 termasiga qarshi bahs olib boradi.

O`FF matbuot xizmati Olmaliq shahridagi OKMK sport majmuasida soat 18:30 da boshlanadigan kirish bepul ekanini ma`lum qildi.

Tomonlar kelishuviga ko`ra, bo`lajak uchrashuvda har ikki jamoaning 1996–1997 yillarda tavallud topgan (yoki undan kichik bo`lgan) futbolchilari ishtirok etadi.

Qayd etish joiz, Rossiyaning 1996 yilda tavallud topgan futbolchilardan iborat U-16 termasi 2012 yili Evropa chempioni bo`lgan. O`sha yili O`zbekiston U-16 Osiyo chempionatida g`olib bo`lgandi.

Boshqa yangiliklar