Kecha futzal bo`yicha tarixda ilk bor o`tkazilgan U-20 Osiyo chempionatining final bahsi bo`lib o`tdi. Tailand poytaxti Bangkok mezbonlik qilgan musobaqaning hal qiluvchi o`yinida Eron yoshlari Iroq U-20 terma jamoasini 2:0 hisobida mag`lubiyatga uchratdi.
O`z navbatida, Eron va Iroq U-20 terma jamoalari 2018 yili o`tkaziladigan yoshlar o`rtasidagi (U-18) Olimpiya o`yinlari futzal musobaqasiga yo`llanmani ham qo`lga kiritdi.
U-20 Osiyo chempionati
Final, 26.05.2017
"Bangkok Arena", 17:30
Eron U-20 - Iroq U-20 2:0
Gollar: S.Rizopur 4, Z.Al-Hakim 10 (avt.)
Eron U-20 (birinchi beshlik): 1.Abolfazl Shahbazi, 4.Muhammad Tohiri, 6.Tuhid Lutfi, 7.Hamid Qahramoni, 11.Ali Qodadi.
Zaxira: 2.Omid Rostami, 3.Muhammad Haydari, 5.Omid Kani, 8.Sahand Rizopur, 9.Mahdi Karimi, 10.Hamza Kadhoda, 12.Matin Muhammadi, 13.Hamidrizo Karimi, 14.Muhammad Jame.
Iroq U-20 (birinchi beshlik): 12.Zohir Mahdi Hadi, 5.Ali Hussein Al-Sudani, 7.Hasan Kadim Hilfi, 10.Fahad Methaq Al-Azzavi, 13.Ali Haqi Ismoil
Zaxira: 1.Yahya Abdulnur Rahim, 2.Ali Saad Hamed, 3.Hamza Abbas Zamet, 4.Muheb Aldin Al-Tai, 6.Zaid Ali Al-Hakim, 8.Hait Riyod Arab, 9.Abbas Ali Dahel, 11.Moamin Favzi Jafar, 14.Ali Muslim Sanke.
Ogohlantirish: T.Lutfi 21
27.05.2017 09:40
Futzal bo`yicha U-20 Osiyo chempionligi kimga nasib qildi?






