Angliya Kubogi musobaqasi finalida mamlakat chempioni bo`lgan “Chelsi” mavsumni 5-o`rinda tugatgan “Arsenal” bilan kuch sinashdi.
Anchagina murosasi kechgan bellashuvning 4-daqiqasida Aleksis Sanches hisobni ochdi. 68-daqiqada Viktor Mozes ikkinchi marta ogohlantirildi va maydondan chetlatildi.
Shunga qaramay, 76-daqiqada Diego Kosta hisobni tenglashtirdi. Ammo 3 daqiqadan keyin Aaron Remzi gol urib, “to`pchilar”ning Angliya Kubogi sohibiga aylanishiga katta hissa qo`shdi.
Arsenal – Chelsi 2:1
Gollar: 1:0 – 4 Sanches, 1:1 – 76 Diego Kosta, 2:1 – 79 Remzi.
Arsenal – Ospina, Mertesaker, Monreal, Belerin, Xolding, Jaka, Oksleyd-Chemberlen (Koklen, 82), Ozil, Remzi, Sanches, Uelbek (Jiru, 78).
Chelsi – Kurtua, David Luiz, Keyxill, Alonso, Aspilikueta, Matich (Fabregas, 61), Mozes, Pedro (Villian, 72), Kante, Azar, Diego Kosta.
Ogohlantirishlar: Remzi (9), Xolding (53), Mozes (57), Kante (59), Jaka (81), Koklen (83).
Chetlatish: Mozes (68).






