AsosiySport

Karlush Keyrush: O`zbekistonga qarshi o`yin biz uchun xuddi JCh finalidek bo`ladi

'Karlush Keyrush: O`zbekistonga qarshi o`yin biz uchun xuddi JCh finalidek bo`ladi 'ning rasmi

O`zbekiston milliy terma jamoasi 12 iyun kuni JCh–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 8-turida Tehron shahridagi “Ozodi” stadionida Eron termasiga qarshi ro`baro keladi.

Eron terma jamoasi O`zbekistonga qarshi o`yin oldidan Avstriyada tayyorgalik ko`rmoqda. Eronliklar ustozi Karlush Keyrush Facebook ijtimoiy tarmog`idagi sahifasida bo`lajak bahs olididan o`z firklarini yozib qoldirdi. Bu haqda O`FF matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Avstriyadagi o`quv-mashg`ulotlar yig`inida ekanmiz, o`z-o`zimizga bir savol berish vaqti keldi: O`zbekistonga qarshi JCh saralash o`yini oldidan fidoyilik yoki qoniqish hosil qilishmiz kerakmi? Boshqacha qilib aytadigan bo`lsam, O`zbekistonga qarshi bellashuvda kiritiladigan 3 ochko bizga JCh yo`llanmasini beradi.

Biroq, O`zbekistonga qarshi o`yin biz uchun xuddi JCh finalidek bo`ladi. Har doim aytib kelganim kabi, biz o`zimizning Jahon chempionatimizni o`ynayapmiz! O`zbekiston bilan o`yin eng qiyini va muhimi bo`libgina qolmay, jamoa sifatida kuchimizni ko`rsatishga katta imkoniyat beradi. Bo`lajak o`yindan qoniqish hosil qilish emas, har bir daqiqa va har bir lahzada to`liq burch, to`liq e`tibor, to`liq professionallikni ko`rsatishimiz kerak.

Bundan kami bizni qoniqtirmaydi, chunki muvaffaqiyat osonlik bilan kelmaydi. Jamoaning har bir futbolchisi, har bir xodimi va saralash bosqichi uchun mas`ul bo`lgan har bir inson borini berishi va fidoyilik qilishi lozim”, – dedi Karlush Keyrush.

Boshqa yangiliklar