2017/18 yilgi mavsumidan boshlab “Xaddersfild” jamoasi Angliya Premer-ligasida to`p suradi.
O`rtamiyona va nomi chiqmagan klub Chempionship pley-off bosqichida “Reding” bilan to`qnashdi va penaltilar seriyasida zafar quchdi.
Avvalroq “Nyukasl” Chempionship g`olibi sifatida, “Brayton” esa kumush medal sovrindori sifatida APLga yo`l olgandi.
Xaddersfild – Reding 0:0
Penaltilar seriyasi: 4:3
Xaddersfild – Uord, Xefele, Leve, Smit (Kreyni, 88), Shindler, Xogg, Muy, van La Parra, Braun (Palmer, 98), Uells, Kachunga (Kvaner, 66).
Reding – Al-Xabsi, Mur, Blekkett, Ganter, Ilori, Uilyams, van den Berg (Obita, 64), Evans, Svift (Kelli, 100), Grebben (Makkliri, 74), Kermorgan.
Ogohlantirishlar: van den Berg (17), Kermorgan (19), Xogg (29), Kachunga (61), Smit (75), Obita (105).






