AsosiyHidoyat sari

Ro`zada chanqoq qiynamasin desangiz...

'Ro`zada chanqoq qiynamasin desangiz...'ning rasmi

Muborak Ramazon oyining ro`zasini har bir inson sindqidildan tutishni istaydi. Ammo yozning issiq kunlarida biroz qiyinchilik tug`dirishi tabiiy. Shunday bo`lsa-da, ozgina e`tibor va qunt bilan bu mushkulotni ham engsa bo`larkan...

Ramazon ro`zasida chanqoq qiynamasligi uchun quyidagilarga amal qiling:

1. Saharlikni ikki dona xurmo va bir stakan iliq suv bilan boshlang.

2. Qovurilgan taom va qand miqdori ko`p shirinliklardan tiyiling.

3. Iftorlikdan keyin to uyquga yotguningizcha oz-ozdan suyuqlik iching. (Kamida ikki-ikki yarim litr). Bu tanangizning kundalik suvga bo`lgan ehtiyojini qondiradi va ertasiga kutiladigan chanqashning oldini oladi.

4. Dasturxoningizdagi taomlar don mahsulotlaridan, sabzavot va mevalarlardan tayyorlangan bo`lsin!

Eslatma: Saharlik vaqtida ko`p eb qo`yishdan, ko`p miqdorda suv ichishdan saqlaning. Chunki buning oqibatida kun davomida organizmni tonusda ushlab turuvchi mineral tuzlar chiqib ketadi.

RO`ZADA FOYDALI...

Unutmang, Ramazon ro`zasi nafaqat bizning tanamizni tozalab, salomatligimizni mustahkamlaydi balki ruhimizni, qalbimizni ham poklaydi. Ro`zani mukammal va qiyinchiliksiz tutish esa ko`p jihatdan tanovvul qilayotgan taomlarimizga ham bog`liq. Keling, ana shunday taomlarni birgalikda tayyorlaymiz.

Boshqa yangiliklar