Shvesariyaning Syurix tuman sudi mamlakat tarixida ilk bora ijtmoiy tarmoqdagi layk uchun ayblov hukmini o`qidi, deb xabar berdi Mir24.tv nashri.
Jamoat arbobi bo`lgan Ervin Kessler da`vo arizasi bilan sudga murojaat qildi. U o`z da`vo arizasida ijtimoiy tarmoqdagi yozuviga haqoratli izohlarni yozgan odamlarning ustidan shikoyat qildi. Foydalanuvchilar Kesslerni irqchilikda, fashistlikda va antisemitizmda ayblashgan.
Sud qaroriga binoan, mahalliy aholiga mansub 45 yoshli erkak 4 ming frank (4,1 ming dollarga yaqin) jarima to`laydigan bo`ldi. U “tasdiqlanmagan faktlarni muhokama qilmay, baholagani uchun” mazkur jazoga loyiq ko`rildi.