AsosiySport

O`zbekiston U-15 terma jamoasi Yaponiya o`smirlariga imkoniyatni boy berdi

'O`zbekiston U-15 terma jamoasi Yaponiya o`smirlariga imkoniyatni boy berdi 'ning rasmi

Dilshod Nuraliev bosh murabbiyligi ostidagi O`zbekiston U-15 terma jamoasi Toshkent shahrida start olgan o`smirlar o`rtasidagi musobaqani mag`lubiyat bilan boshladi, deb yozadi O`FF matbuot xizmati.

Ilk o`yinda O`zbekiston o`smirlar termasi Yaponiya U-15 terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi. O`yinda o`zbekistonlik futbolchilar hisobni ochganiga qaramay, Yaponiya vakillari ketma-ket beshta gol urib yakunda g`alaba qozondi.

Bugun, shuningdek, Belarus va Polsha o`smirlari o`zaro bahs olib boradi. Mazkur o`yin 18:00 da “Paxtakor” stadonida boshlanadi.

O`smirlar o`rtasidagi xalqaro turnir
Toshkent, “JAR” stadioni
1 iyun, payshanba

O`zbekiston U-15 – Yaponiya U-15 — 1:5 (1:1, 0:4)

Gollar: Timur Mamasidiqov (36) – Yusuke Xanada (39), Yaxiki Aoki (70, 76), Keyta Nakano (84, 89)

Ogohlantirish: Sardor Abdurashidxo`jaev (90)

O`zbekiston U-15: Qodirov Mo`min, Jasur Abdulbekov, Sardor Abdurashidxo`jaev, Xurshid Ubaydullaev, Doniyor Sobirov, Diyor Raimqulov, Murod Xo`jaberdiev, Mirjalol Qosimov, Jasur Jaloliddinov, Dilmurod Qosimov, Timur Mamasidiqov.

Zaxira: Shukran Yo`ldoshev, Bekzod Ne`matov, Xusain Narpaev, Miron Sattorov, Javohir Abdualimov, Bo`ronbek Mirzasalimov, Tohir Rafaelov, Azamat Abdusalimov.

Yaponiya U-15: Masato Sasaki, Keyta Ueda, Tajima Mitsuki, Yoshixiko Tanaka, Shinya Nakano, Nobutem Nakagava, Yudai Fujivaka, Ryoxei Vatanobe, Kuvaba Konda, Yusuke Xanada, Keyta Nakano.

Zaxira: Taishibkando Nozava, Xamoto Katagivi, Asaxi Yokokova, Kakchi Yomauchi, Yaxiki Aoki, Xikaxi Nomoka, Kazuva Yugovaka, Kosuke Kavashima.

Boshqa yangiliklar