AsosiySport

O`zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida 2 pog`ona yo`qotdi

'O`zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida 2 pog`ona yo`qotdi'ning rasmi

Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) tashkilotga a`zo terma jamoalarning yangilangan reytingini e`lon qildi. Unga ko`ra, O`zbekiston milliy terma jamoasi 582 ochko bilan 62-o`rindan joy oldi.

O`FF matbuot xizmatining xabar berishicha, terma jamoa avvalgi ko`rsatkichga nisbatan 2 pog`ona yo`qotdi. Osiyo futbol konfederasiyasi (OFK)ga a`zo mamlakatlar orasida O`zbekiston termasi hamon 6-o`rinda bormoqda. Eron terma jamoasi ham 2 pog`ona yo`qotgan bo`lishiga qaramay, Osiyoda peshqadamlikni saqlab qoldi. Kuchli uchlikda o`zgarish yuz bermagan.

1 (30). Eron – 829 ochko;

2 (43). Janubiy Koreya – 703 ochko;

3 (45). Yaponiya – 689 ochko;

4 (48). Avstraliya – 681 ochko;

5 (53). Saudiya Arabistoni – 636 ochko;

6 (62). O`zbekiston – 582 ochko;

7 (75). BAA– 450 ochko.

8 (77). Suriya – 436 ochko;

9 (82). Xitoy – 425;

10 (88). Qatar –374 ochko.

FIFA reytingida Braziliya 1715 ochko bilan peshqadamlikni mustahkamlab oldi. Ikkinchi o`rinni Argentina (1626 ochko) egallab turgan bo`lsa, uchinchi o`rindan Germaniya (1511 ochko) joy olgan. Jadvalda 4–10-o`rinlarni tegishli ravishda Chili, Kolumbiya, Fransiya, Belgiya, Portugaliya, Shveysariya, Ispaniya va Polsha (ikkalasi 10-o`rin) terma jamoalari egallagan.

Boshqa yangiliklar