AsosiySport

O`zbekistonda bolalarni himoya qilish kuniga bag`ishlangan futbol festivallari o`tkazildi

'O`zbekistonda bolalarni himoya qilish kuniga bag`ishlangan futbol festivallari o`tkazildi 'ning rasmi

Butun dunyoda 1 iyun – Bolalarni himoya qilish kuni sifatida nishonlanadi. O`zbekistonning turli shaharlarida, jumladan, Nukus, Qarshi va boshqa joylarda bugun, 1 iyun kuni futbol festivallari o`tkazildi.

Nukus shahrida bo`lib o`tgan tadbirda 300 nafar o`g`il-qizlar, Qarshida esa 1000 dan ortiq bolalar ishtirok etdi. Futbol maydoni bir nechta o`yin maydonchalariga ajratildi, ishtirokchilar guruhlarga bo`lindi va har bir guruh o`z murabbiyiga ega bo`ldi.

Yosh qatnashchilar estafeta, to`p bilan muomala qilish, to`pni qo`lga ushlagan holda yugurish, to`pni nazorat qilish kabi mashqlarni bajardi. Tadbir davomida murabbiylar o`g`il va qiz bolalarni futbol texnikasining elementlari bilan tanishtirdi.

Qayd etish kerakki, bu kabi festivallar yosh alvod uchun sportga ilk qadamini qo`yishga va hayotda o`z yo`lini tanlash imkoniyatini yaratib beradi.

Boshqa yangiliklar