AsosiySport

“Lokomotiv” futbolchilari xasta bolajonlarni bayram bilan tabrikladi

'“Lokomotiv” futbolchilari xasta bolajonlarni bayram bilan tabrikladi'ning rasmi

Kecha, 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni. 67 yildan buyon yozning ilk kunida Xalqaro bolalar kuni nishonlab kelinadi. Jumladan, bolajon o`zbek xalqi ham ushbu bayramni juda ko`tarinki ruhda o`tkazib keladi.

“Lokomotiv” PFK ham ushbu kunda yana bir hayriya ishiga qo`l urdi. Bugun jamoamiz a`zolari Respublika onkologiya ilmiy markazi bolalar bo`limida bo`lishdi va u erda davolanayotgan bolalarni bayram bilan qutlashdi. Taniqli futbolchilarning bolajonlarni tabriklash uchun sovg`a-salomlar olib borgani butun onkologiya ilmiy markazi jamoasini hamda bolalarning ota-onalarini ham juda quvontirib yubordi.

Ko`tarinki ruhda o`tgan ushbu tashrif davomida “Lokomotiv” a`zolari bolajonlarga sovg`alar ulashishdi, ularni bayram bilan qutlab, tezda shifo topishlariga tilak bildirishdi.

Boshqa yangiliklar