AsosiySport

Rasman: Radamel Falkao “Monako” bilan kelishuv muddatini uzaytirdi

'Rasman: Radamel Falkao “Monako” bilan kelishuv muddatini uzaytirdi'ning rasmi

Fransiyaning “Monako” klubi kolumbiyalik hujumchi Radamel Falkao bilan shartnomasini uzaytirdi.

2018 yilgacha mo`ljallangan shartnoma 2020 yilga qadar uzaytirildi. Kolumbiyalik forvard 2013 yildan buyon monegasklar safida to`p surib keladi. 2014 xamda 2016 yillar Angliyada ijara asosida “Manchester Yunayted” xamda “Chelsi” safida faoliyat yuritgan.

Yakunlangan mavsumda Falkao Fransiya chempionatida 29 ta bahsda maydonga tushdi va 21 ta gol kiritib, 5 ta golga assistentlik qilishga muvaffaq bo`ldi.

Boshqa yangiliklar